Turkiya O’rta yer dengizida harbiy mashg’ulot o’tkazilishini e’lon qildi

“Dengiz harbiy kuchlarimiz Iskenderun mintaqasida uzoqdan o’t otish bo’yicha harbiy mashg’ulot o’tkazish bo’yicha Navtex bilan e’lon qildi”,- deb aytgan Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar.

1480094
Turkiya O’rta yer dengizida harbiy mashg’ulot o’tkazilishini e’lon qildi

 

Turkiya 1-2 sentyabrda sharqiy O’rta yer dengizida harbiy mashg’ulot o’tkazilishini Navtex bilan e’lon qildi.

Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi.

“Dengiz harbiy kuchlarimiz Iskenderun mintaqasida uzoqdan o’t otish bo’yicha harbiy mashg’ulot o’tkazish bo’yicha Navtex bilan e’lon qildi”,- deb aytgan Hulusi Akar.

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar haqida shunday dedi:

 “Turkiya qo’shni davlatlarning yeriga va dengizdagi haqlariga ko’z olaytirmaydi. Ayni paytda qo’shni davlatlarning ham yerimizga va dengiz hududlarimizga hujum qilishiga yo’l qo’ymaymiz, bunga qat’iyan imkon bermaymiz”.

Shu bilan birga, Hulusi Akar: “Biz har bir davlat bilan siyosiy muloqot yo’lga qo’yishni qo’llab-quvvatlaymiz. Kelinglar o’tirib kelishaylik! Biz siyosiy yechim topish tarafdorimiz, biz doimo tinchlik va barqarorlik tarafdorimiz, lekin, o’z haqqimizni ham talab qilamiz. Agarda yaqinda yunon mutasaddi vakillar Turkiyaga kelmoqchi bo’lsalar, mamnuniyat bilan kutib olamiz. Turkiya Yevropa Ittifoqi yoki Fransiya kabi davlatlarning rejasi bilan emas, balki Gretsiya davlatining o’zi bilan o’zaro muammolarimizni hal qilishimiz zarur”,- dedi.

Mudofaa vaziri Hulusi Akar sharqiy O’rta yer dengizida seysmik tadqiqot ustida ish olib borayotgan “Oruch Reis” kemasi bo’yicha, “Biz sharqiy O’rta yer dengizida faqatgina neft qidirish faoliyatlarini olib boryabmiz. Turkiyaning haqqi, manfaati va xalqaro munosabatlari doirasida tinchlik va barqarorlik yo’li bilan o’zimizga oid bo’lgan mintaqada tadqiqot olib borayabmiz, xalos”,- deya ta’kidladi.

 “Iqtisodiy tadqiqotimizni turli siyosiy niyatlar bilan mulohaza qilish juda noto’g’ri deb o’ylaymiz. Harbiy kemalarimiz tadqiqot kemalarimizni qo’riqlamoqda. Buni salbiy tomonga tortish noto’g’ri”,- deb qo’shimcha qiladi Hulusi Akar.

Vazir Akarning ta’kidlashicha, endilikda Turkiyaning xalqaro kuchga ega bo’lgan davlat ekanligini butun dunyo bilishi kerak.

Akar Suriyaning Idlib shahrida Turkiya va Rossiyaning qo’shma patrul xizmati haqida shunday dedi:

 “Bugungi kunga qadar Rossiya bilan M4 yo’lida 26 marta patrul xizmatini amalga oshirdik. Rossiya bilan harbiy hamkorligimiz davom etadi”.

“Suriyada tinchlik shartnomasini buzishga harakat qilayotganlarga qarshi Rossiya bilan doimiy aloqadamiz, mintaqadagi tinchlikni saqlab turish uchun harakat qilyabmiz”,-deb qo’shimcha qilgan Hulusi Akar.

U shuningdek, Turkiyaning Liviyada harbiy baza qurishi haqidagi mish-mishlarga javoban: “Biz Liviyada harbiy ta’lim markazlarini qurmoqchimiz, u yerda liviyalik harbiylarga malaka oshirish bo’yicha ta’lim beriladi. Buni yanglish talqin qilish noto’g’ri”,- dedi.

Shuningdek, Akar Turkiyaning Liviyada xalqaro huquq doirasida gumanitar faoliyatlar yuritganini va kelgusida yuritishga davom etishini ham aytib o’tdi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Navtex , #O'rta yer dengizi , #Turkiya

Aloqador xabarlar