Anqarada Turkiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li: “Sharqiy O’rta yer dengizida taranglikni avj oldirgan tomon biz emasmiz, aksincha Gretsiya va Rum qismidir”,-dedi.

1479234
Anqarada Turkiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Anqaraga tashrif buyurgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Heyko Maas bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan Mavlud Chavusho’g’li: “Sharqiy O’rta yer dengizida taranglikni avj oldirgan tomon biz emasmiz, aksincha Gretsiya va Rum qismidir”,-dedi.

Gretsiyani bu harakatidan voz kechishga chaqirgan Mavlud Chavusho’g’li: “Bu erkalikdan voz keching! Ba’zi davlatlarning nog’orasiga o’ynab, o’zingizni tahlikaga solmang! Agar, biron nojo’ya ish qiladigan bo’lsangiz, kerakli javobni beramiz!”,-deb ogohlantirdi.

“Gretsiya o’zini turk dengiz floti oldiga yem qilib tashlamoqchi bo’lgan davlatlarga aldanmasin! Qo’shni davlatmiz. Biz haqni baham ko’rishni bilamiz”,-deya so’zlariga ilova qiladi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Heyko Maas esa, “Sharqiy O’rta yer dengizida keskinlikning avj olishi na Yevroittifoqqa, na Gretsiyaga, na Turkiyaga foyda keltiradi”,-dedi.

“Sharqiy O’rta yer dengizidagi havotirlanarli vaziyatni muhokama qildik. Bu nafaqat Yevroittifoqni, balki NATOni ham yaqindan qiziqtiradi. Vaziyat o’ta qaltis. Bu diplomatik yo’l bilan hal qilinadi. Muzokara o’tkazish niyatimiz bor. Bunga siyosiy sharoit yaratish kerak”,-deb aytgan Germaniya tashqi ishlar vaziri.


Tanlangan kalimalar: #Haiko Maas , #Germaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar