Germaniya tashqi ishlar vaziri ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

Xabarga ko’ra, ertaga Anqarada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan Germaniya tashqi ishlar vaziri Heiko Maas o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tadi.

1478302
Germaniya tashqi ishlar vaziri ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Germaniya tashqi ishlar vaziri Heiko Maas ertaga, 25 avgustda amaliy tashrif bilan Turkiyaga keladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, ertaga Anqarada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan Germaniya tashqi ishlar vaziri Heiko Maas o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tadi.

“Mavlud Chavusho’g’li va Heiko Maas o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari, Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va boshqa dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi”,-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Germaniya , #Heiko Maas

Aloqador xabarlar