Chavusho‘g‘lu Venesuelada Davlat rahbari Nikolas Maduro tomonidan qabul qilindi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Venesuelada Davlat rahbari Nikolas Maduro tomonidan qabul qilindi.

1475519
Chavusho‘g‘lu Venesuelada Davlat rahbari Nikolas Maduro tomonidan qabul qilindi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Venesuelada Davlat rahbari Nikolas Maduro tomonidan qabul qilindi.

Turkiya bilan Venesuelaning diplomatik munosabatlarining 70 – yilligida o‘zaro munosabatlarni qo‘lga olish va bir qator shatnomaga qo‘l qo‘yish uchun hozirda Venesuelada bo‘lgan Chavusho‘g‘lu u yerda Davlat rahbari Maduro bilan uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu uchrashuvda Maduroga Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Turkiyaga taklifini, “Hurmatli Prezidentimiz pandemiyadan keyin eng qisqa vaqt ichida sizni Turkiyada mehmon qilishdan judayam xursand bo‘ladi.” degan so‘zlari bilan yetkazdi.

Venesueladagi uchrashuvlarining samarali kechgani va ikkala mamlakat o‘rtasida judayam mazmunli shartnomalarga qo‘l qo‘yilganini ham ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu,

“Turkiya faqatgina pandemiya jarayonida emas har doim Venesuela va Venesuela xalqining yonidadir.” deya gapirdi.

Chavusho‘g‘lu shuningdek, Venesuela Davlat rahbarining birinchi vitse – prezidenti Delsi Rodriges bilan ham uchrashdi.



Aloqador xabarlar