Mavlud Chavusho’g’li Dominika Respublikasi prezidenti tomonidan qabul qilindi

Mavlud Chavusho’g’li qabul chog’ida Dominika Respublikasi prezidenti Abinaderga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning salomini yetkazdi va Turkiyaga taklif qilganini ma’lum qildi.

1474333
Mavlud Chavusho’g’li Dominika Respublikasi prezidenti tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Dominika Respublikasi prezidenti Abinader tomonidan qabul qilindi.

Mavlud Chavusho’g’li qabul chog’ida Dominika Respublikasi prezidenti Abinaderga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning salomini yetkazdi va Turkiyaga taklif qilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, uchrashuvda Turkiya va Dominika Respublikasi o’rtasidagi turizm va infratuzilma bo’yicha hamkorlik salohiyati muhokama qilindi.

“Prezident Abinader davrida do’stona munosabatlarimiz yana-da rivojlanadi degan umiddaman”,-deb yozdi Mavlud Chavusho’g’li twitterda.

Shu bilan birga, Mavlud Chavusho’g’li twitter orqali Dominika Respublikasining sobiq tashqi ishlar vaziri Miguel Vargas bilan bo’lgan uchrashuvi haqida shunday yozdi:

“Dominika Respublikasining sobiq tashqi ishlar vaziri, do’stim Miguel Vargasga pandemiya tufayli fuqarolarimizni evakuatsiya qilishda ko’rsatgan yordamlari, shuningdek xizmat davomida ikki davlatning do’stona munosabatlariga hissa qo’shgani uchun minnatdorlik bildiraman”.

 

 

 



Aloqador xabarlar