Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Yetakchilar ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni, jumladan sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Liviyadagi o’zgarishlar va Suriyadagi vaziyatni atroflicha muhokama qildilar.

1474365
Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Davlat rahbarlari suhbat chog’ida turizm, transport-logistika, energetika, iqtisodiyot va  boshqa ustuvor yo'nalishlar bo’yicha hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, pandemiyaning o'zaro manfaatli hamkorlikka salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha o'zaro muvofiqlashgan chora-tadbirlarni davom ettirishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, yetakchilar ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Jumladan, sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Liviyadagi o’zgarishlar va Suriyadagi vaziyat atroflicha muhokama qilindi. Bu jihatdan Turkiya va Rossiya o’rtasida harbiy va diplomatik kanallar vositasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari Turkiya-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida qat'iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Suhbat har doimgidek samimiy, ochiq va do'stona ruhda bo’lib o'tdi.



Aloqador xabarlar