Prezident Erdo‘g‘an: “Livan va Livan xalqini yolg‘iz qo‘ymaymiz.”

Prezident Erdo‘g‘an bugun juma namozini Ayo Sofiya buyuk masjidida o‘qidi. Ibodati ortidan kun tartibini baholadi.

1469000
Prezident Erdo‘g‘an: “Livan va Livan xalqini yolg‘iz qo‘ymaymiz.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Bayrut portida 4 – avgust kuni 154 kishining umriga, 5 mingdan ortiq kishining sog‘ligiga zomin bo‘lgan portlashga uchragan Livanni yolg‘iz qo‘ymasligini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an juma namozini bugun Ayo Sofiya masjidida o‘qir ekan chiqishda kun tartibini baholadi.  

Bayrutdagi portlash haqida aybdorlarning hali hanuz aniqlanmagani va vaziyatni kuzatayotganliklarini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an, Livanga harbiy uchoq orqali ko‘plab gumanitar yordam ashyolari yuborganlikalarini qayd etdi. Ular orasida harbiy va sog‘likni saqlash sohasi yordami ham borligini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘n Turkiyaning Livan va Livan xalqi yonida bo‘lishini ham alohida aytib o‘tdi.   

Gretsiya – Misr o‘rtasidagi dengiz hududlarini delimitatsiya qilish qilish to‘g‘risidagi shartnomani baholagan Erdo‘g‘an,

“Gretsiya bilan Misr o‘rtasida tuzilgan bu shartnomaning hech qanday kuchi yo’q.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Liviya bilan tuzgan shartnomani qarorlilik bilan davom ettirganliklari va bundan buyon ham davom etajaklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an, “Ayniqsa, dengiz hududlarini delimitatsiya qilish masalasida hech qanday huquqi yo‘qlar bilan bularni qo‘lga olib ham o‘tirmaymiz” dedi.   



Aloqador xabarlar