Chavusho‘g‘lu, Bayrutdagi voqeada tan jarohati olgan Turk fuqarosining oilasi bilan uchrashdi

Chavusho‘g‘lu, Bayrutdagi voqeada tan jarohati olgan Turk fuqarosi Muhammad Omeyratning oilasi bilan uchrashdi.

1468248
Chavusho‘g‘lu, Bayrutdagi voqeada tan jarohati olgan Turk fuqarosining oilasi bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Livan poytaxti Bayrutda yuz bergan portlashda tan jarohati olgan Turk fuqarosi Muhammad Omeyratning otasi bilan telefon orqali muloqat qilib, o‘g‘liga shifo tiladi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra Chavusho‘g‘lu, Livanda tan jarohati olgan Muhammad Omeyratning otasi Fuat Omeryat bilan telefon orqali muloqat qilib, o‘g‘lining tez kunlarda sog‘ayib ketishini tiladi.

Bayrut portida 4 – avgust kuni portlaguvchi moddalar joylashgan 12 – omborxonada avvalom bor yong‘in ortidan esa butun Bayrutni yer bilan yakson qilgan portlash ro‘y berdi.

Chavusho‘g‘lu, Twitterda kecha qoldirgan postida, voqeada 6 nafar Turk fuqarosining tan jarohati olganligi, ularning 5 nafarining yengil, amaliyo bo‘lgan fuqaroning ahvolining esa yaxshi ekanligini qayd etgandi.



Aloqador xabarlar