Turkiyada Covid-19ning mutatsiyaga uchrab uchramaganligini aniqlash uchun faoliyat boshlatildi

Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ning mutatsiyaga uchrab uchramaganligini aniqlash uchun faoliyat boshlatildi.

1465488
Turkiyada Covid-19ning mutatsiyaga uchrab uchramaganligini aniqlash uchun faoliyat boshlatildi

Sog‘likni Saqlash vazirligi, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ning Turkiyada mutatsiyaga uchrab uchramaganligini aniqlash uchun faoliyat boshlatdi.

Xalq sog‘ligini saqlash Bosh boshqarmasi qoshidagi virusologiya sohasi bo‘yicha milliy referans labaratoriyasida, 11 – martdan beri Turkiyani qurchab olgan koronavirusning mutatsiyaga uchrab uchramaganligini aniqlash uchun faoliyat olib borilmoqda.  

Dotsent doktor Gulay Koruko‘g‘lu va u tuzgan guruh, Turkiyaning turli mintaqasidan qariyb 4 oydan beri yig‘ilgan namunalar ustida ish olib bormoqda.

Bir hafta oldin boshlagan va kengaytirilgan tahlil ishlari 4 hafta davom etadi va natija Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja tomonidan ma’lum qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #mutatsiya , #Covid-19

Aloqador xabarlar