Mavlud Chavusho’g’li Venesuela tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreaza suhbat chog'ida COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda koʻrsatilayotgan koʻmak uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

1463660
Mavlud Chavusho’g’li Venesuela tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreaza bilan muloqot qildi.

Xorxe Arreaza twitter orqali Mavlud Chavusho’g’li bilan muloqot qilganini ma’lum qildi.

“Ko’p qirrali va o’zaro manfaatli siyosiy hamkorligimizni mustahkamlashga kelishib oldik. Birgalikda olib borayotgan  loyihalarimizni va yangi sohalar bo’yicha hamkorlik yo’lida qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni jadallashtirish to’g’risidagi rejalarni ko’zdan kechirdik. COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda koʻrsatilayotgan koʻmak uchun minnatdorlik bildiramiz”,-deb ma’lum qiladi Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreaza twitterdagi sahifasida.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya pandemiyaga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Venesuelaga 15 tonnadan ortiq tibbiy ashyolardan iborat insonparvarlik yordami yuborgandi. Ushbu insonparvarlik yordami 18 iyulda mamlakat poytaxti Karakasga yetib borgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar