Ayo Sofiya, 86 yildan keyin bugun, juma namozi orqali takror ibodatga ochildi

Ayo Sofiya, 86 yil ortidan bugun, juma namozi bilan takror ibodatga ochildi

1461335
Ayo Sofiya, 86 yildan keyin bugun, juma namozi orqali takror ibodatga ochildi
erdogan.jpg
ali erbas.jpg

Ayo Sofiya, 86 yil ortidan bugun, juma namozi bilan takror ibodatga ochildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, ibodatga ochilgan Ayo Sofiya buyuk masjidiga tashrif buyurdi.

Erdo‘g‘an, juma namozi oldidan Qur’on - i Karim o‘qidi.

Kisiklidagi uyidan chiqqan va Turkiya soati bilan 12:00 chog‘larida Ayo Sofiya maydoniga kelgan Erdo‘g‘an, fuqarolarning olqishi va xursandchiligi bilan kutib olindi.

Namoz o‘qish uchun maydonni to‘ldirganlar, Erdo‘g‘anning tashrif buyurishi bilan shiorlar aytdi.

Prezident Erdo‘g‘anga Prezidentlik apparatining aloqalar bo‘limi rahbari Faxrettin Altun hamrohlik qildi.

Din Ishlari boshqaruvi rahbari Ali Erbash tomonidan kutib olingan Prezident Erdo‘g‘an, juma namozi uchun Ayo Sofiya buyuk masjidiga kirib bordi.

Vitse – prezident Fuat O‘ktay, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop va Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahcheli ham Ayo Sofiyaga keldi.

Prezident Erdo‘g‘an, Din Ishlari boshqaruvi yetakchiligi tomonidan jome’ masjidida uyushtirilgan dasturda, Qur’on – i Karim tilovati tingladi.

Ortidan Ayo Sofiya buyuk masjidining 4 minorasida 4 muazzin birgalikda salo aytdi.

Minoralardan yangragan salolar ortidan Prezident Erdo‘g‘an Fotiha surasi bilan Baqara surasining ilk 5 oyatini o‘qidi.

Jamoat, Din Ishlari boshqaruvi rahbari Ali Erbash hamrohligida duo qildi.

Sunnat namozi ortidan hutba o‘qigan Ali Erbash, unda,

“Alhamdulilloh! Xalqimizning terang qalb yarasiga aylangan hasrati va nihoyat yakun topmoqda. Olloxga hamd - u sanolar bo‘lsin.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erbash shuningdek,

“Ayo Sofiyaning ibodatga ochilishi, al –Aqsa masjidi bilan birga yer yuzining butun mahzun masjidlari va mazlum mo‘minlarining jon suviga qo‘vushishidir. Ayo Sofiyaning eshiklari, boshqa jome’ masjidlarimizdek, hech kimni yakkalamay Olloxning barhca qullariga ochiqdir. Ayo Sofiya jome’ masjidining manaviy atmosferasi ishonchga, ibodatga, tarixga va tafakkurga qo‘l uzatgan safardir. Xudo xohlasa, uzluksiz davom etadi” dedi.  

Sunnat namozi ortidan hutba o‘qigan Ali Erbash, farz namozini ado ettirdi.

Jome’ masjidining ibodatga ochilishi, ijtimoiy tarmoqlardagi postlarda ham kun tartibiga olib chiqildi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining #AyasofyaCamii xeshtegi bilan qoldirgan postlar, Twitterda oldingi qatorda o‘rin oldi.

Ochilish marosimi telekanllarda bo‘lganidek, ijtimoiy tarmoqlarda ham tuz efir orqali berildi.

Dastur Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning shaxsiy ijtimoiy tarmoq hisoblari va Ayo Sofiyo buyuk masjidi nomidan ochilgan Twitter hisobidan ham tomosha qilindi.

Ayo Sofiyoda o‘qilgan juma namozi ortidan Prezident Erdo‘g‘an va Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Baxcheli, Fatih Sultan Mehmet Honning maqbarasini ziyorat qildi.

Prezident Erdo‘g‘an unda bergan bayonotida,

“Bundan buyon bu yer asliga qaytdi, jome’ masjidi edi takror jome’ masjidi bo‘ldi. Mana endi bir umr, Xudo xohlasa, jome’ masjidi sifatida insonlarga xizmat qilishni davom etadi” dedi.

Erdo‘g‘an, (Ayo Sofiya buyuk masjidining) butun insoniyatning madaniy merosi sifatida har dinga mansub insonlar kelib ko‘ra oladigan yer ekanligini qayd etdi.

Ayo Sofiyaning ibodatga ochilishi bilan 350 ming kishining bugungi juma namozida ishtirok etganini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Bundan buyon ham ichkarida, ham tashqarida Madaniyat va turizm vazirligimiz amalga oshiradigan qayta ta’mirlash ishlari bor. Bu bilan birga Ayo Sofiya jome’ masjidiga inshollox, yana – da farqli, yana – da mazmunli ko‘rinish baxsh etgan bo‘lamiz” degan ifodalarga o‘rin berdi.   

Ayo Sofiya buyuk masjidida 86 yil ortidan asr namozi ham o‘qildi.

Istanbulda soat 17:13 da asr namozi uchun o‘qilgan azon bilan birga ko‘plab yurttosh, namoz uchun Ayo Sofiya buyuk masjidida edi.



Aloqador xabarlar