MXK, chet eldagi terror unsurlariga qarshi qarorli kurashning davom etishini bildirdi

Milliy Xavfsizlik kengashi, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi.

1460278
MXK, chet eldagi terror unsurlariga qarshi qarorli kurashning davom etishini bildirdi

Milliy Xavfsizlik kengashi, chet eldagi terror unsurlariga qarshi qarorli kurashning davom etishini bildirdi.

MXK, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi.  

Ushbu yig‘ilish ortidan chop etilgan deklaratsiyada, mamlakat tashqarisida terror unsurlariga qarshi olib borilgan kurashning, qonuniy haqlar asosida davom etgani ifoda etildi.

“Ozarbayjon tuproqlarida noqonuniy ishg‘olini uzoq yillardan beri davom ettirgan Armanistonning hujumlari esa keskin qoralangan” deklaratsiyada, Armanistonning hujumkorona munosabatini to‘xtatishi va bosib olgan Ozarbayjon tuproqlarini tark etishi kerakligini, Turk xalqining qardosh Ozarbayjonning haqli kurashida qabul qiladigan har qanday qarorini qo‘llab – quvvatlashi qayd etildi.

Deklaratsiyada, Kiprning tinchlik va barqarorligiga ziyon beradigan tashabbuslarga hech qachon ruxsat berilmasligi ham ifoda etilgan holda,

“Sharqiy O‘rta yer dengizida xalqaro huquq asosidagi haq – huquq va manfaatlarimizning himoya qilinishi masalasida qarorimizning qat’iy ekanligi ta’kidlandi” deyildi.

Deklaratsiyada shuningdek,

“Turkiya har qanday zo‘rovonlikka qarshi Liviya xalqining yonida bo‘lishni davom ettiradi” degan ifodalari e’tiborlarni o‘ziga tortdi.

Deklaratsiyada shuningdek, dunyodagi siyosiy va iqtisodiy kuch tartibining takror tiklanish jarayoniga kirgani ta’kidlanib, shu doirada Turkiyaning har qanday tarmoqda kuchli tayyorgarlik ko‘rish uchun kerakli mexanizmlarning tashkil etilishining ahamiyati qo‘lga olingani ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar