Togo Respublikasida Turkiya elchixonasi ochiladi

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li Togo Respublikasiga tashrifi chog’ida Togo Respublikasi davlat rahbari Faure Gnassingbe tomonidan qabul qilindi.

1458794
Togo Respublikasida Turkiya elchixonasi ochiladi

 

Togo Respublikasida Turkiya elchixonasi ochiladi.

Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li G’arbiy Afrikada joylashgan Togo Respublikasiga tashrifi chog’ida ma’lum qilgan.

Mavlud Chavusho’g’li rasmiy tashrif doirasida Togo Respublikasi davlat rahbari Faure Gnassingbe tomonidan qabul qilindi.

“Togo Respublikasiga tashrif buyurgan birinchi Turkiya tashqi ishlar vaziri menman. Bundan hursandman. Janob prezidentimizning salomini va ezgu tilaklarini yetkazdim”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

“Togo Respublikasi bilan munosabatlarimizni qanday rivojlantirsak bo’ladi, bularni muhokama qilish uchun keldik. Shuningdek, Togoda Turkiya elchixonasini ochishga qaror berdik. Elchixonamizni qachon ochish masalasini ko’zdan kechirdik. Shuni aytmoqchimanki, bir oy avval Togo tashqi ishlar vaziri Robert Dussey meni taklif qilgandi. Uning taklifini qaytarmasdan bu yerga kelganimdan bahtiyorman”,-deb ilova qiladi Mavlud Chavusho’g’li.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Togo Respublikasi

Aloqador xabarlar