TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1457422
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroq shimolidagi Zap va Avashin mintaqalarida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist, havo harakati orqali yo‘q qilindi.

Milliy mudofaa vaziriligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Qarorlilik bilan biz davom ettirgan amaliyotlarimiz natijasida Iroqning shimolidagi Zap va Avashin mintaqalarida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist, havo harakati orqali yo‘q qilindi. Amaliyotlarimiz oxirgi terrorist yo‘q qilingunga qadar davom etadi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vazirlik, Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududda 4, Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan hududda PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 2 jami 6 terroristning nazorat ostiga olinganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Bayonotga ko‘ra shuningdek, Suriyaning shimolidagi terror guruhlaridan qochgan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo bir terrorist, Turkiyaning Mardin viloyatiga qarashli Nusaybin tumanidagi politsiya uchastkasiga taslim bo‘lgan.



Aloqador xabarlar