Chavusho‘g‘luning diplomatik uchrashuvlari davom etmoqda
Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning diplomatik uchrashuvlari davom etmoqda.
Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Germaniya Tashqi Ishlar vaziri Heiko Maas bilan telefon orqali muloqat qildi.
Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra Chavusho‘g‘lu nemis kasbdoshi Maas bilan telefon orqali muloqat qilgan.
Muloqatning mazmuni haqida ma’lumot berilmadi.
Chavusho‘g‘lu shuningdek Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmadning maxsus vakili va sobiq Efiopiya Prezidenti Mulatu Teshome Virtu bilan poytaxt Anqarada uchrashdi.
Chavusho‘g‘lu bu haqida Twitter hisobidan,
“Virtu bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdik. O‘zaro tashriflar, muloqatlar, savdo va investitsiya bosh bo‘lish bilan birga har tarmoqda hamkorligimizni rivojlantirish masalasida kelishib oldik” degan ifodalarga o‘rin berdi.
Chavusho‘g‘lu shuningdek, Belarusiyaning Anqaradagi elchisi Viktor Rybak va Moldovaning Anqaradagi elchisi Dmitriy Kroitorning qabul qildi.
Aloqador xabarlar
Hakan Fidan Iroqning xavfsizlik bo'yicha yetakchisi Qosim Arachini qabul qildi
Ma'lumotga ko'ra, uchrashuv poytaxt Anqarada bo'lib o'tdi. Uchrashuv tafsilotlari ma'lum qilinmadi.