Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi
Muloqotda Turkiya va Rossiyaning ikki tomonlama munosabatlari va iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko’ra, muloqot chog’ida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, shuningdek, Turkiya va Rossiyaning jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlari va iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu boradagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni yana-da kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi. Bundan tashqari, Liviya va Suriyadagi o’zgarishlar ham ko'zdan kechirildi.
Erdo’g’an va Putin ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik o’rnatish uchun hamkorlikda ish olib borishni davom ettirishga kelishib oldi.