TQK, Suriyada PKK/ YPG ga a’zo 6 terroristni nazorat ostiga oldi

Suriyada Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan hududda PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist nazorat ostiga olindi.

1452657
TQK, Suriyada PKK/ YPG ga a’zo 6 terroristni nazorat ostiga oldi

Suriyada Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan hududda PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist nazorat ostiga olindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter orqali berilgan bayonotga ko‘ra Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan hududda tinchlik va xavfsizlikni buzishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist nazorat ostiga olingan.

Bayonotda, “Askarlarimiz mintaqada tinchlik va xavfsizlik o‘rnatish uchun o‘z faoliyatlarini davom etadi” degan ifodalarga ham o‘rin berildi.

Iroqning shimolidagi Haftanin mintaqasida muvaffaqiyatli ravishda davom etgan Panja Qaplon amaliyotida esa yana 3 terrorist havo amaliyoti orqali yo‘q qilindi.

MMVnin bayonotida,

“Muvaffaqiyatli ravishda davom etgan Panja Qaplon amaliyoti doirasida Haftanin mintaqasida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist ijro etilgan havo amaliyoti orqali yo‘q qilindi. Inlarinnig hammasi yer bilan yakson qilingunga qadar amaliyotlarimiz davom etadi” degan ifodalarga o‘rin berildi.

 



Aloqador xabarlar