Mavlud Chavusho'g’li Boris Jonson bilan uchrashdi

“Boris Jonsonni borib ko’rdim. Sog’ligi yaxshi. Prezidentimizning salomini yetkazdim. Qolaversa, prezidentimizning uni Turkiyaga taklif qilganini aytdim. Farzandli bo’lganligi munosabati bilan ham tabrikladim”,-dedi Mavlud Chavusho'g’li.

1451702
Mavlud Chavusho'g’li Boris Jonson bilan uchrashdi

 

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho'g’li Buyuk Britaniyaga amaliy tashrifi chog’ida koronavirusdan sog’ayib ketgan mamlakat bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashdi.

“Boris Jonsonni borib ko’rdim. Sog’ligi yaxshi. Prezidentimizning salomini yetkazdim. Qolaversa, prezidentimizning uni Turkiyaga taklif qilganini aytdim. Farzandli bo’lganligi munosabati bilan ham tabrikladim”,-dedi Mavlud Chavusho'g’li muhbirlarga bergan intervyusida.

 

U o’z intervyusida Buyuk Britaniyaga amaliy tashrifi haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Tashrif doirasida Birlashgan qirollik parlamenti Turkiya guruhi rahbari Jeffrey Donaldson va Britaniya TIV rahbari Dominik Raab bilan uchrashganligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda Brexit jarayonidan keyin Turkiya-Britaniyaning ikki tomonlama munosabatlari, munosabatlarning bugungi holati va istiqboli, shuningdek turizm sohasi bo’yicha olib borilayotgan hamkorlik faoliyatlari hamda ikki davlat iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinganligini ta’kidladi.

Shuningdek, turizm va mudofaa sanoati bo’yicha hamkorlik masalalari ham ko’zdan kechirilganligini ma’lum qildi.

“Fursatdan foydalanib Liviya, Suriya va NATO kabi ahamiyatga molik xalqaro masalalarni muhokama qildik. Liviya masalasiga siyosiy yechim topish va Liviyaning hududiy yaxlitligi bo’yicha Birlashgan qirollik bilan Turkiya hamfikr”,-dedi Turkiya TIV rahbari.

 

 



Aloqador xabarlar