Germaniyalik sayyohlar Turkiyada dam olishni intizorlik bilan kutmoqda

Germaniyada hukumat tarkibidagi koalitsiya partiyalarning tashqi siyosat bo’yicha mutasaddi vakillari Turkiya va Germaniya o’rtasida turizmni qayta tiklash yo’lidagi sa'y-harakatlarni qo’llab-quvvatladi.

1450548
Germaniyalik sayyohlar Turkiyada dam olishni intizorlik bilan kutmoqda

 

Germaniyada hukumat tarkibidagi koalitsiya partiyalarning tashqi siyosat bo’yicha mutasaddi vakillari Turkiya va Germaniya o’rtasida turizmni qayta tiklash yo’lidagi sa'y-harakatlarni qo’llab-quvvatladi.

Ijtimoiy demokrat partiya (SPD) majlis guruhining tashqi siyosat bo’yicha vakili Nils Schmid, Xristian demokrat birlik partiyasi (CDU) bilan Xristian birlik partiyasi majlis guruhining tashqi siyosat bo’yicha vakili Jurgen Hardt va Ak partiya bosh rahbar o’rinbosari Jevdet Yilmaz Berlinda yig’ilish o’tkazdi.

Germaniya Yevroittifoqqa o’tkinchi raislik qilgan vaqtda Yevroittifoq-Turkiya munosabatlari yana-da ravnaq topishidan umidvorligini tilga olgan Ijtimoiy demokrat partiya vakili deputat Nils Schmid koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatdagi sayohat cheklovlari yumshatilishidan umidvorligini ta’kidladi.

“Umid qilamanki, shu yozda Turkiyaga sayohat qilaman. Balki bir necha hafta o’tgach, sayohat cheklovlari yumshatiladi va men sayohat qila olaman”,-deb aytgan Nils Schmid.

Xristian birlik partiyasi majlis guruhining tashqi siyosat bo’yicha vakili Jurgen Hardt ham Turkiya va Germaniya o’rtasida turizm sohasi bo’yicha olib borilayotgan muloqotdan umidvorligini ma’lum qildi.

“Agar Germaniya bilan Turkiya o’rtasidagi sayohat cheklovini yumshatishga biron imkon topa olsak, bu nafaqat Germaniyadagi yuz minglab turklar uchun, balki har yili Turkiyada dam oladigan nemis sayyohlar uchun ham juda yaxshi bo’lardi”,-deb aytgan Jurgen Hardt.

Ak partiya bosh rahbar o’rinbosari Jevdet Yilmaz ham Germaniyaga Yevroittifoqqa o’tkinchi raislik vazifasida katta muvaffaqiyatlar tilab, “Umid qilamanki, bu davrda Yevroittifoq-Turkiya munosabatlari yana-da yuqori darajaga erishadi”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #sayohat cheklovi , #Turkiya , #Germaniya

Aloqador xabarlar