TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1448916
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Milliy Mudofaa vazirligi Iroqning shimolida olib borilgan Panja – Qaplon amaliyotida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terroristning yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

MMV tomonidan Twitterda qoldirilgan postda, 17 – iyun kuni PKK terror tashkilotiga qarshi boshlatilgan amaliyot haqida ma’lumot berildi.

Ma’lumotda, Panja – Qaplon amaliyotida PKKga a’zo 3 terroristning yo‘q qilingani, 3 dona AK – 47 rusumidagi kalashnikof, 1 dona M – 16 rusumidagi miltiq, 10 dona granata, 500 dona M-16 rusumidagi miltiq o‘qi, 2 dona RPG-7 rusumidagi raketa uchiruvchi qurilma va 3 dona o‘q-dori qo‘lga kiritildi.

Twitterdagi postga qo‘lga kiritilgan o‘q – dorilarning fotosuratiga ham o‘rin berildi.

Shuningdek, mamlakatda olib borilgan amaliyotlarda Tunjeli viloyatida, jandarmeriya xodimlari tomonidan yo‘q qilingan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terroristdan birining, “qidirilgan terroristlar” ro’yhatining “kul rang” kategoriyasida o‘rin olgani ma’lum bo‘ldi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra kecha Tunjeli viloyatining Ovajik tumani chetida, xavfsizlik kuchlari tomonidan havodan qo‘llab – quvvatlangan amalliyot uyushtirilganligi va 2 terroristning yo‘q qilingani qayd etildi.

Terroristlardan birining, “qidirilgan terroristlar” ro‘yhatining “kul rang” kategoriyasida 500 ming Turk lirasi evaziga qidirilgani ham aniqlandi.



Aloqador xabarlar