Prezident Suriyaning tuproq yaxlitligi bizning asosiy maqsadimizdir dedi

Turkiya-Rossiya-Eron  uch tomonlama sammiti videokonferensiya uslubi bilan boshlandi.

1447025
Prezident Suriyaning tuproq yaxlitligi  bizning asosiy maqsadimizdir dedi

"Biz qo'shnimiz Suriyani iloji boricha tezroq tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash uchun qo'limizdan kelganini qilamiz"dedi Prezident Rajab Toyyib Erdog'an.

 Prezident  Rajap Tayyip Erdo’g'an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy  bilan  Astana Formatida  Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama bo'lib o'tgan sammitga videokonferensiyaga   qatnashdi.

Erdog'an, bu yerda so’zlgan  o'z nutqida

"Biz Turkiya sifatida inqiroz boshlanganidan beri Suriyadagi birodarlarimiz yonida turdik. Millati, kelib chiqishi, dinidan qat'i nazar, millionlab Suriyalik qochqinlarni qabul qildik" dedi.

Suriyaning terror tashkilotlari tomonidan parchalanishiga yo'l qo'ymaslik uchun katta sezgirlik ko'rsatayotganliklarini ta'kidlagan Prezident Erdog'an:

"Biz insonparvarlik dramasi va bo'linish ambitsiyalarining oldini oldik, zarur bo'lganda amaliy choralarni ko'rdik. Biz qo'shnimiz Suriyani iloji boricha tezroq tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka erishishi uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz. Astona kafolati sifatida hamkorligimiz shubhasiz bu mamlakatning kelajagini belgilaydi."

Videokonferensiyasidan keyin Turkiya-Rossiya-Eron davlat rahbarlarining mushtarak bayonotlari tarqatildi.

Bayonotga ko'ra, sammitda davlat rahbarlari Suriyadagi mavjud vaziyatga to'xtalib, uch tomonlama muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.

Liderlar, shuningdek, qo'shni davlatlarning milliy xavfsizligiga zarar yetkazadigan  bo’lginchi  dasturlarga qarshi turishga qaror qildilar.

Idlibdagi zo'ravonlikni kamaytirish mintaqasidagi vaziyat ko'rib chiqilgan sammitda, Idlibga tegishli kelishuvlarni amalga oshirish orqali  sohada  tinchlikni ta'minlash zarurligi ta'kidlandi.

Suriyadagi inqiroz Suriya rahbariyatida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti siyosiy jarayoni orqali yakunlashi mumkin, degan ishonch tasdiqlandi.

Uchala rahbar Suriyadagi qochqinlar va ko'chirilgan odamlarning xavfsiz va ixtiyoriy ravishda qaytishiga va ularning huquqlarining himoya qilinishiga alohida e'tibor qaratdilar

Birgalikdagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish uchun turli sohalardagi uch tomonlama muvofiqlashtirishni kuchaytirish niyatlarini tasdiqlagan rahbarlar navbatdagi uch tomonlama sammitni Eron Prezidenti  Ruhoniyning taklifiga binoan iloji boricha tezroq bu mamlakatda o'tkazishga qaror qilishdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sammit , #uch tomonlama , #Astana , #Suriya

Aloqador xabarlar