TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.

1443800
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning Tunjeli viloyatining Ovajik tumani chetida 3 terrorist yo‘q qilindi.

Turkiyaning Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Ovajik tumani chetida viloyat jandarmeriya qo‘mondonligiga qarashli maxsus topshiriqli jandarmeriya guruhi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan to‘qnashuvda 1, havodan qo‘llab – quvvatlangan amaliyotda esa 2, jami 3 terrorist o‘lik holatda qo‘lga tushirilgan.

Yuqorida qayd etilgan 3 terroristdan birining “qidiruvdagi terroristlar” ro‘yhatining kul rang kategoriyasiga (500 ming Turk lirasi evaziga qidirilgan) kiritilgan va kod nomi “Argesh” bo‘lgan O‘smon Ishleyen ekanligi aniqlandi.    

Mintaqada amaliyotlar davom etmoqda.

Shu bilan birga Hakkarining Chukurja tumanida kecha ichimlik suvi ustidan faoliyat olib borgan ishchilarga hujum qilgan PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi.

Bu haqida Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra esa Suriyada “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqada, PKK/ YPG terror tashkiloti tomonidan turar – joy punktlariga yashirin ravishda joylashtirilgan 6 ta o‘q – dorining Mina va qo‘lda yasalgan portlaguvchi moddalarni aniqlash va ularni yo‘q qilish guruhi tomonidan bartaraf etilgani ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar