TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

1436981
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning Siirt va Farashin mintaqasida yo‘q qilingan 7 terroristdan 2 nafarining “qidiruvdagi terroristlar” ro‘yhatining toq sariq, 2 nafarining esa kul rang kategoriyada ekanligi aniqlandi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida, dam olish kunlari uyushtirilgan amaliyotlarda Siirtning Eruh tumani Jiraf mintaqasida 5 va Farashin mintaqasida 2 nafar jami PKK terror tashkilotiga a’zo 7 terroristning yo‘q qilingani eslatib o‘tildi.

Terroristlarning to‘ralasining ham kim ekanligining aniqlanganligi ifoda etilgan bayonotda, Eruhda yo‘q qilingan terroristlardan birining 1 million Turk lirasigacha mukofat puli bilan toq sariq, qolgan 2 terroristning esa 500 ming Turk lirasigacha mukofat puli bilan kul rang kategoriya ro‘yhatida o‘rin olganligi bildirildi.

Farashin mintaqasida yo‘q qilingan terroristlardan birining ham 1 million liragacha mukofat puli bilan toq sariq ro‘yhatda o‘rin olganligi aytildi.



Aloqador xabarlar