Turkiya Chad Respublikasiga yordam qo’lini uzatgan yagona davlat bo’ldi

Chad sog’liqni saqlash vaziri Mahmud Yusuf Hayol: "Hozircha qo’limizda faqat Turkiyadan keltirilgan 25ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi bor xalos”,-dedi.

1437027
Turkiya Chad Respublikasiga yordam qo’lini uzatgan yagona davlat bo’ldi

 

 

Global xatar ­­– COVID-19 epidemiyasi tarqalgan ushbu murakkab davrda Chad Respublikasiga yordam qo’lini uzatgan yagona davlat Turkiya bo’ldi.

Bu Chad sog’liqni saqlash vaziri Mahmud Yusuf Hayol tomonidan e’tirof etildi.

Vazirning ta’kidlashicha, mamlakatda koronavirusdan kasallangan bemorlarni davolashda ba’zi tibbiy kamchiliklar mavjud. Ayni vaqtda Chadda koronavirusdan vafot etganlar soni 73 nafarga yetdi, kasallanganlar soni 850 nafarni tashkil qilmoqda.

“Hozircha qo’limizda faqat Turkiyadan keltirilgan 25ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi bor xalos”,-deb aytgan Chad sog’liqni saqlash vaziri.

Chad Respublikasiga insonparvarlik yordamlari Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirilgandi.

26 mayda Turkiya milliy mudofaa vazirligiga qarashli yuk samolyotida Chadga yetkazilgan insonparvarlik yordamlari tarkibida infektsiyadan himoyalovchi steril tibbiy niqoblar, qo’lqoplar, virusdan himoyalovchi kombinezonlar, himoyalovchi ko’z oynaklar va boshqa tibbiy ashyolar o’rin olgandi.

Turkiya shu kungacha jami 93 davlatga yordam qo’lini uzatdi. AQSh, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Bolqon davlatlari va Markaziy Osiyo davlatlari shular jumlasidandir.

 



Aloqador xabarlar