TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1435194
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning Shirnak viloyatining Beytushshabob (Beytuşşebap) tumaniga qarashli qishloqda PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi.

Ichi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida viloyat jandarmeriya qo‘mondonligi tomonidan yuqorida nomi tilga olingan mintaqada havodan qo‘llab – quvvatlangan amaliyot yo‘lga qo‘yildi.

Amaliyotda uchuvchisiz havo vositasi (IHA) yordamida 2 terrorist qurollari bilan yo‘q qilingan.

Terrorga qarshi kurash doirasida amaliyotlarning qarorlilik bilan davom etganligi qayd etildi.

Shuningdek, Milliy mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda,

“PKK/ YPG terror tashkilotining tinchlik va xavfsizlikni buzishni ko‘zlagan faoliyatlarining oldini olish maqsadida ijro etilgan amaliyotlarda, Firot qalqoni olib borilgan hududa 1, Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan hududa 6 PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo terrorist nazorat ostiga olindi” degan ifodalarga o‘rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Shirnak , #TQK , #PKK/ YPG terror tashkiloti

Aloqador xabarlar