Turkiya AQShdan o'z fuqarolarini evakuatsiya qildi

Turkiya davlat rahbarining ko‘rsatmasiga muvofiq, Turkiya fuqarolari AQShning Los Anjelos shahridan maxsus charter reysda mamlakatga olib kelinmoqda.

1433942
Turkiya AQShdan o'z fuqarolarini evakuatsiya qildi

 

Turkiya butun dunyoni qamrab olgan COVID-19 epidemiyasi tufayli xorij davlatlardan o’z fuqarolarini vatanga evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda.

Turkiya davlat rahbarining ko‘rsatmasiga muvofiq, xorijdagi Turkiya fuqarolarini vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslari yo’lga qo’yilmoqda.

Turk Havo Yo’llariga oid samolyot ayni damda AQShning Los Anjelos shahridan Turkiyaga tomon parvoz qildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 16:00da Turkiyaning Los Anjelosdagi konsuli nazoratida yo’lovchilarni 4906-sonli charter reysiga qabul qilish boshlandi.

Ular parvoz oldidan maxsus tibbiy tekshiruvdan o’tkazildi. Ta’kidlanishicha, samolyot yo’lovchilarga to’lgan. Ularning aniq soni ma’lum qilinmagan.

AQSh va Turkiya o’rtasidagi aviaqatnovlar koronavirus tarqalishi tufayli 27 martda to’xtatilgandi. Shu sababli, joriy yilning aprel oyidan AQShdagi Turkiya fuqarolarini evakuatsiya qilish boshlangandi. Dastlab, 23-24 aprelda Vashington, Nyu-York va Los Anjelosga 3 marta maxsus charter reysi yo’lga qo’yilgandi.

Shuningdek, 15 mayda Nyu-York va Chikago, 16 mayda Xyuston, 17 mayda Miami va 3 iyunda esa takror Chikagoga charter reyslar qo’yilgandi.

 



Aloqador xabarlar