Suriyada og'ir jarohat olgan turk harbiy vafot etdi

“Qahramon askarimiz 26 aprelda Idlibda terroristlar tomonidan sodir etilgan hujumda og’ir jarohat olgandi. Askarimiz “Gulhane” harbiy shifoxonasida shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, 7 iyun kuni shahid bo’ldi",-deb ma'lum qiladi Hulusi Akar.

1431448
Suriyada og'ir jarohat olgan turk harbiy vafot etdi

 

Suriyada “Bahor qalqoni” harbiy amaliyoti doirasida Idlibda xizmat qilgan turk harbiy halok bo’ldi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, 26 aprelda Idlibda terroristlar tomonidan sodir etilgan hujumda turk harbiy og’ir jarohat olgan. Yarador harbiy Anqaradagi “Gulhane” harbiy shifoxonasiga olib kelingan. Harbiy shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, kecha oqshom hayotdan ko’z yumgan.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar vafot etgan harbiyning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

“Qahramon askarimiz 26 aprelda Idlibda terroristlar tomonidan sodir etilgan hujumda og’ir jarohat olgandi. Askarimiz “Gulhane” harbiy shifoxonasida shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, 7 iyun kuni shahid bo’ldi. Qahramon shahidimizga shahsan o’zim nomimdan, qolaversa Turkiya milliy mudofaa vazirligi nomidan chuqur ta’ziya izxor etaman! Qahramon askarimizning motamsaro oilasiga va ulug’ turk xalqiga hamdardlik bildiraman va sabr tilayman!”,-deb ta’ziya bildiradi Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar.

 


Tanlangan kalimalar: #shahid , #turk harbiy , #Idlib , #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar