Erdo‘g‘an amerikalik musulmonlarga Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo'lladi

“Ushbu muborak kunlarda nafaqat dunyodagi barcha moʻmin-musulmon birodarlarimizni, balki butun islom olamini, butun insoniyatni xalqimiz nomidan samimiy qutlab, ularga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va farovon hayot tilayman”,-deydi Erdo'g'an.

1423014
Erdo‘g‘an amerikalik musulmonlarga Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo'lladi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an amerikalik musulmonlarni qutlug’ Ramazon bayrami munosabati bilan tabrikladi.

“Ushbu muborak kunlarda nafaqat dunyodagi barcha moʻmin-musulmon birodarlarimizni, balki butun islom olamini, butun insoniyatni xalqimiz nomidan samimiy qutlab, ularga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va farovon hayot tilayman”,-deydi Turkiya prezidenti o’z tabrigida.

“Uch din uchun muqaddas bo’lgan ilk qiblamiz Quddus-i Sharif jahondagi barcha musulmonlarning ramzi ekanligini yana bir bor aytib o’tmoqchiman. Falastin zaminini tashqi kuchlarga tortiq qilinishiga aslo yo’l qo’ymaymiz”,-deb qo’shimcha qiladi Erdo’g’an.

 



Aloqador xabarlar