Turkiyaning Kars viloyatidagi otishmada bir askar halok bo'ldi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an xalqqa murojaati chog'ida halok bo’lgan askar oilasiga hamdardlik bildirdi.

1419657
Turkiyaning Kars viloyatidagi otishmada bir askar halok bo'ldi

 

Turkiyaning Kars viloyati Kag’izman tumanida bir guruh terroristlar bilan askarlar o’rtasida otishma yuz berdi.

Otishmalarda bir askar halok bo’ldi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha xalqqa murojaatida halok bo’lgan askar oilasiga hamdardlik bildirdi.

“Shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin!”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Shuningdek, vitse-prezident Fuat O’ktay ham tvitterda ta’ziya bildirdi.

“Ushbu xoin hujum javobsiz qolmaydi. Mamlakatimizda terrorizmning ildizini quritish uchun qat’iy kurashimiz davom etadi”,-deb yozadi vitse-prezident Fuat O’ktay tvitterdagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #shahid , #otishma , #askar , #Turkiya

Aloqador xabarlar