Erdo’g’an harbiylarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Namoz tog’idagi harbiy bazada xizmat qilayotgan harbiylarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

1418802
Erdo’g’an harbiylarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Namoz tog’idagi harbiy bazada xizmat qilayotgan harbiylarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Harbiylar bilan iftorlik qilgan ichki ishlar vaziri Sulaymon So’yluga telefon orqali bog’lanib, u yerdagi harbiylar bilan suhbatlashdi.

Ma’lumotga ko’ra, Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu Shirnak viloyatiga tashrifi chog’ida, o’rinbosari Mehmet Ersoy, Jandarm qo’mondoni general Orif Chetin va Xavfsizlik boshqarmasi boshlig’i Mehmet Aktosh hamrohligida Namoz tog’idagi harbiy bazada bo’ldi.

U yerda Jandarm brigada qo’mondoni general Alper Sir tomonidan kutib olingan Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu harbiy bazada xizmat qilayotgan barcha askar va harbiylar bilan suhbatlashdi. Ular bilan birga iftorlik qildi.

Iftor ziyofati chog’ida prezident Erdo’g’anga telefon orqali bog’langan vazir So’ylu Shirnakka tashrifi haqida ma’lumot berdi.

Ayni vaqtda harbiylar bilan salomlashgan prezident Erdo’g’an ularni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabrikladi.



Aloqador xabarlar