Turkiyada 28 mayda mahalliy turizm mavsumi boshlanadi

Mehmet Nuri Ersoy:“Biron aksilik bo’lmasa, 28 mayda ichki mahalliy turizm mavsumini ochmoqchimiz. Iyun oyi o’rtalarida esa, ba’zi davlatlarga mo’ljallangan xalqaro turizmni tiklamoqchimiz",-dedi.

1418769
Turkiyada 28 mayda mahalliy turizm mavsumi boshlanadi

 

Turkiyada Ramazon oyi tugashidan so’ng, 28 mayda mahalliy turizm mavsumi boshlanishi mumkin.

Bu haqda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ma'lum qildi.

Yangi turdagi koronavirusga qarshi chora-tadbirlar doirasida bir qator mamlakatlarda karantin choralari yumshatila boshlaganligini ma’lum qilgan Mehmet Nuri Ersoy: “Biron aksilik bo’lmasa, 28 mayda ichki mahalliy turizm mavsumini ochmoqchimiz. Iyun oyi o’rtalarida esa, ba’zi davlatlarga mo’ljallangan xalqaro turizmni tiklamoqchimiz. Shu bilan birga, dunyoning ko‘plab davlatlariga muntazam xalqaro parvozlar boshlanadi deb o‘ylayman”,-dedi.

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiyada 1 iyundan boshlab xorijdan kelayotgan barcha chet ellik sayyohlar va mamlakat fuqarolari aeroportlarda koronavirusga qarshi test topshirishi majburiy bo‘ladi.

Buning uchun Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan kerakli tayyorgarliklar ko’rildi.

Bunga ko’ra, iyun oyi boshlarida aeroportlarda koronavirusga qarshi test markazlari faoliyat ko’rsatishni boshlaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #sayyohlar , #turizm , #Turkiya

Aloqador xabarlar