Turkiya Shimoliy Makedoniya va Albaniyaga gumanitar yordam yubordi

Insonparvarlik yordamlari Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

1415761
Turkiya Shimoliy Makedoniya va Albaniyaga gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya koronavirus epidemiyasini bartaraf etishga ko’maklashish maqsadida Shimoliy Makedoniya va Albaniyaga tibbiy mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordami yubordi.

Insonparvarlik yordamlari Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

Shimoliy Makedoniyaga yuborilgan gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida 75 mingta infektsiyadan himoyalovchi steril tibbiy niqoblar, 10 mingta nitril qo’lqoplar, 10 mingta himoyalovchi kombinezonlar, 2 mingta himoyalovchi ko’z oynak, 2 mingta N149 niqoblari o’rin olgan.

Albaniyaga yuborilgan gumaniyat yordamlar tarkibida esa, 75 mingta infektsiyadan himoyalovchi steril tibbiy niqoblar, 4 mingta nitril qo’lqop, 2 mingta himoyalovchi kombinezon va 2 mingta himoyalovchi ko’z oynak mavjud.

Turk Qizil Yarim Oy jamiyati tomonidan tayyorlangan insonparvarlik yordamlari Anqaradagi Etimesgut aeroportidan Turk Qurolli kuchlariga oid harbiy yuk samolyotiga ortilgach, Albaniya va Shimoliy Makedoniyaga tomon parvoz qildi.

Turk Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari Ibrohim Altan matbuotga bergan intervyusida, koronavirusga qarshi kurash ketayotgan shu kunlarda nafaqat Shimoliy Makedoniya va Albaniyaga, balki Dominika, Gaiti, Polsha, Moldova va boshqa ko’plab mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari yuborilganligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, shu kungacha Turk Qizil Yarim Oy jamiyati sifatida jami 17 davlatga yordam qo’li uzatildi.

“Yordam faoliyatlarimiz davom etadi. Xalqimizning qo’llab-quvvatlovi bilan Turkiyaning yordam qo’lini butun dunyoga yetkazishni davom ettiramiz. Yordam so’rab iltimos qilgan davlatlar Turkiyaga minnatdorlik bildirmoqdalar”,-deb aytgan Turk Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari Ibrohim Altan.

 

 

 



Aloqador xabarlar