Turkiya Qozog’istonga insonparvarlik yordami yubordi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan, koronavirus epidemiyasini bartaraf etishga ko’maklashish maqsadida Qozog’istonga tibbiy mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.

1414162
Turkiya Qozog’istonga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turkiya koronavirus epidemiyasini bartaraf etishga ko’maklashish maqsadida Qozog’istonga tibbiy mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordami yubordi.

Insonparvarlik yordamlari Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilindi.

“Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning topshirig’i bilan vazirligimiz tomonidan tayyorlangan insonparvarlik yordamlari Qozog’istonga yuborildi. Tibbiy ashyolardan iborat insonparvarlik yordamlari COVID-19 pandemiyasining keng tarqalishini oldini olish, epidemiyani jilovlash hamda kasallikka qarshi kurash harakatlarini qo’llab-quvvatlashga xizmat qiladi”,-deyiladi ma’lumotda.

 



Aloqador xabarlar