Hulusi Akar Fransiya Mudofaa vaziri bilan muloqot qildi

Ma'lumotga ko'ra, suhbat chog'ida COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda yaqindan hamkorlikni oshirish va tajriba almashishning ahamiyatiga to'xtalib o'tildi.

1406638
Hulusi Akar Fransiya Mudofaa vaziri bilan muloqot qildi

 

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha Fransiya Mudofaa vaziri Florence Parly bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, suhbat chog'ida COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik va tajriba almashish masalasi ko'rib chiqildi.

Shuningdek, suhbatda Turkiya va Fransiya o'rtasida mudofaa bo'yicha munosabatlarning bugungi holati va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar ham alohida muhokama qilindi. 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Florence Parly , #Fransiya , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar