Prezident Erdo‘g‘an, butun dunyo bolalarini bayrami bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya va shu qatorda butun dunyo bolalarini 23 - aprel Milliy Mustaqillik va bolalar bayrami bilan tabrikladi.

1404091
Prezident Erdo‘g‘an, butun dunyo bolalarini bayrami bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya va shu qatorda butun dunyo bolalarini 23 - aprel Milliy Mustaqillik va bolalar bayrami bilan tabrikladi.

Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Buyuk Majlisining tashkil topishining 100 - yilligi va 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan Twitterda qoldirgan postida,

“TBMMning tashkil topishi va Turkiyaning shu qatorda butun dunyo bolalarining 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayramini tabriklayman” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Unda bolalar bilan tushgan fotosuratlari o‘rin olgan bir videoga ham o‘rin bergan Erdo‘g‘an, bolalarga xitob etdi va unda:

“Hayotda, bir bolaning kulgusidan yana da kattaroq baxt; bir bolaning qalbidan yana - da kengroq maqom yo‘qdir” degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom ettirdi:

“Urushlar va ocharchiliklar ufqimizni boyagan bir davrda dunyoni go‘zallashtirgan yagona omil, siz aziz bolajonlarimizning tabassumidir. Sizlar kelajagimizning kafolati, ertamizning umidisiz. Sizlar yana da tinch, yana da  quvnoq, yana da adolatli va yana da chiroyli dunyoning xabarchisi hisoblanasiz. Chunki bola bo‘lish hayajonli bo‘lishlikdir. Chunli bola bo‘lishlik dunyoga har doim sof, toza, pok ko‘zlar bilan boqish va ertangi kunni ana shu hayajon bilan davom ettirishdir. Bola bo‘lishlik qalbingdagi cheksiz, hisobsiz muhabbatni mahkam quchoqlashdir. Hudo xohlasa kelajakda san’atkor, siyosatchi, olim, o‘qituvchi, muhandis, huquqchi, ishbilarmon yoki boshqa kasblardan birining egasi bo‘lasiz.  Ana shunda ortda qolgan kamchiliklarni tuzatib, keyingi avlodlar uchun yana da adolatli, yana da chiroyli dunyo insho etasiz. Siz azizlarni 23 - aprel Milliy mustaqillik va bollalar bayrami bilan muborak bot etar ekanman shu fursatdan foydalanib bu kunni ya’ni 23 - aprelni sizga armag‘on qilgan Respublikamizning asoschisi G‘oziy Mustafa Kemal va uning quroldosh do‘stlarini yana bir bor minnatdorchilik bilan yodga olaman. Oilangiz, o‘qituvchilaringiz, do‘stlaringiz bilan birga yana qanchadan qancha bayramlar nishonlashingizni tilab qolaman.’



Aloqador xabarlar