Turkiya Oliy majlisi 100 yilligini nishonlash arafasida...

Turkiya Oliy majlisining 100 yilligi hamda 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan 23 aprel payshanba kuni maxsus anjuman o’tkaziladi.

1401042

Ushbu kun munosabati bilan Turkiya Oliy majlisi deputatlari Otaturk yodgorligiga gulchambar qo’yadi.

Shuningdek, hurmat ma’nosida sukut saqlanadi va Istiqlol gimni ijro etiladi.

Turkiya Oliy majlisi rahbari Mustafo Shento’p boshchiligidagi davlat arboblari Anitkabirni ziyorat qiladilar.

Shuningdek, Turkiya Oliy majlisining tarixiy birinchi binosida xotira marosimi o’tkaziladi.

Turkiya Oliy majlisi umumiy kengashi ushbu maxsus kun munosabati bilan 23 aprel kuni soat 14:00da to’planadi.

Yig’ilishda Oliy majlis rahbari Mustafo Shento’p ma’ruza qiladi. Parlamentda o’rin olgan har bir siyosiy partiya nomidan bittadan vakil so’zga chiqadi.

Bu yil koronavirus epidemiyasi tufayli 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayramiga bag’ishlanadigan rasmiy ziyofat berilmaydi.

Aloqador xabarlar