Turkiya Buyuk Britaniyaga takror tibbiy gumanitar yordam yubordi

Gumanitar yordamlar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

1396432
Turkiya Buyuk Britaniyaga takror tibbiy gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya koronavirus epidemiyasini bartaraf etishga ko’maklashish maqsadida Buyuk Britaniyaga ikkinchi marta tibbiy gumanitar yordam yubordi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilingan.

Ma’lumotga ko’ra, gumanitar yordamlar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

Tibbiy mahsulotlardan iborat gumanitar yordamlar ortilgan A400M harbiy yuk samolyoti bugun poytaxt Anqaradagi Etimesgut harbiy aeroportidan Buyuk Britaniyaga parvoz qildi.

Gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida infektsiyadan himoyalovchi bir martalik steril tibbiy niqoblar, N95 niqoblari, himoyalovchi kombinezonlar, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va boshqa ko'plab tibbiy preparatlar o'rin olgan.

Tibbiy mahsulotlarga to’la qutilar ustiga turkcha va inglizcha Mavlononing “Chorasizlik ortida ko’plab umidlar bor. Qorong’ulik ortida yorug’lik bor” degan ifodalari yozilgan.

Turkiya Buyuk Britaniyaga 10 aprel juma kuni ham tibbiy gumanitar yordam yuborgandi.

Eslatish joizki, Turkiya o’tgan haftalarda Italiya va Ispaniya hamda Bolqon davlatlarga ham tibbiy gumanitar yordam yubordi.

 

 



Aloqador xabarlar