Prezident Erdo'g'anning Kovid-19ga qarshi kurashdagi birdamlik chaqirig’i.

Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning yangi turdagi koronavirus (Kovid-19)ga  qarshi kurashdagi birdamlik chaqirig’i.

1384496
Prezident Erdo'g'anning Kovid-19ga qarshi kurashdagi birdamlik chaqirig’i.

Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning yangi turdagi koronavirus (Kovid-19)ga  qarshi kurashdagi birdamlik chaqirig’i.

 Prezident Erdo’g’an Tvitterdagi sahifasidan rahbari bo'lgan Adolat va Taraqqiyot partiyasining  (Kovid-19) epidemiyasiga qarshi kurash uchun tayyorlagan "Agar ishonadigan bo'lsak, birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz. Biz 83 million birlikdamiz " so’zlari o’rin olgan  videoklipni o'rtoqlashdi.

Kovid-19ga qarshi kurash doirasida Turkiyaning turli hududlarida olib borilgan faoliyatlarga  ham o’rin berildi.  

Videoda Erdo’g'an

"Biz ishonganmiz va bu ishni bajaramiz" degan  so'zlari ham o’rin olgan.

 Prezident huzuridagi kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahrettin Altun  o'zining Tvitter-dagi  sahifasida koronavirusga qarshi kurashish to'g'risida xabar berdi.

Altun, Erdo’g'an koronavirusga qarshi kurashni muvofiqlashtirish rahbarlik qilib, Vazirlar mahkamasi a'zolari va boshqa tegishli muassasalar bilan telekonferensiyalar o'tkazganligini, so'ngi ma'lumotlarni olgani va kerakli ko'rsatmalar berganligini bildirdi.

Altun,

"Prezident Erdo’g'an ushbu global tahdidga qarshi diplomatik tashabbus bilan umumiy munosabatni ishlab chiqish uchun dunyo rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda. Biz bir-birimizdan ko'p narsalarni o'rganishimiz kerak va jiddiy qabul qilingan umumiy choralar virus tarqalishining oldini olishga yordam beradi “deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar