Erdo’g’an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida, Erdo’g’an dunyoga tahdid solayotgan koronavirusga qarshi kurashda Falastinga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

1382678
Erdo’g’an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an  Mahmud Abbosga qo’ng’iroq qildi.

Suhbat chog’ida, Erdo’g’an dunyoga tahdid solayotgan koronavirusga qarshi kurashda Falastinga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, koronavirusga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, ikki yetakchi Turkiya-Falastin munosabatlari va boshqa ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

Ma’lumotga ko’ra, yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus Falastin hududlariga ham yetib bordi. G’arbiy Quddusda kecha bir kishi koronavirusdan vafot etdi. Qamal ostida bo’lgan G’azo sohilida koronavirus bilan bog’liq ilk holat aniqlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Falastin , #Turkiya

Aloqador xabarlar