Erdo’g’an koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi

"Koronavirusga qarshi kurashda davlatimizning barcha imkoniyatlari safarbar etildi. Xalqimizdan iltimosim shuki, Kovid-19 tahlikasi o’tib ketgunicha iloji boricha uylaridan chiqmasinlar!”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

1380777
Erdo’g’an koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha Anqarada o’tkazilgan yig’ilishdan so’ng xalqqa murojaat qildi.

Erdo’g’an dekabr oyida Xitoyda tarqalgan Kovid-19 koronavirusining Turkiyaga zararini tez vaqt ichida bartaraf etish uchun davlatning butun imkoniyatlari safarbar etilganligini ma’lum qildi.

“Bundan avval e’lon qilingan barcha chora-tadbirlarga barchamiz birgalikda amal qilsak, uydan chiqmaslik muddatini 3 haftagacha cheklashimiz mumkin. Xalqimizdan iltimosim shuki, Kovid-19 tahlikasi o’tib ketgunicha iloji boricha uylaridan chiqmasinlar!”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Virus Turkiyaga kech va cheklangan vaziyatda kirib kelganligini ta’kidlagan Erdo’g’an, chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish uchun zarur bo’lgan barcha faoliyatlar o’ta jiddiylik bilan olib borilayotganligini bildirdi.

“2 oy chidash kerak va buni eng kam zarar bilan yengib o’tishimizga ishonaman”,-deb aytgan Erdo’g’an.

Turkiya virusni test qilish va diagnos qo’yish bo’yicha juda katta imkoniyatga ega ekanligini tilga olgan Erdo’g’an: “Ar-Ge faoliyatlarini olib borayotgan Sanoat va texnologiya vazirligimiz bu mavzuda ixtisoslashgan barcha yetuk tadqiqotchilarini va tashkilotlarni safarbarlikka chorladi”,-dedi.

Ayniqsa, Osiyodan tortib g’arbgacha dunyodagi barcha birjalar katta zararga uchragan bir paytda Turkiyaning birja va milliy pul birligi o’z kuchini saqlab qolganligini ta’kidladi.

“Iqtisodiy boshqaruvimiz va tegishli tashkilotlarimiz barcha tadbirkorlarning talablarini va tavsiyalarini inobatga olgan holda kerakli chora-tadbirlarni oldi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Shuningdek Erdo’g’an butun sohalarni yaqindan qiziqtiradigan “Iqtisodiy barqarorlik qalqoni” nomli 100 mlrd liralik chora-tadbirlar rejasi tafsilotlarini e’lon qildi.



Aloqador xabarlar