Eronda ro'y bergan zilzila Turkiyaning ba’zi viloyatlarida ham sezildi

Turkiyaning Van viloyati Bashkale tumanida ham sezilgan zilzilada 8 kishi halok bo’lgan.

1364612
Eronda ro'y bergan zilzila Turkiyaning ba’zi viloyatlarida ham sezildi

 

Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati Koy tumanida sodir bo’lgan 5.9 bal zilzila Turkiyaning ba’zi viloyatlarida ham sezildi.

Turkiyaning Van viloyati Bashkale tumanida ham sezilgan zilzilada 8 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, bugun Erondagi zilziladan so’ng, Vanda 8 kishi hayotdan ko’z yumgan. Ulardan 3 nafari yosh bola. 21 kishi jarohatlangan. Ulardan 8 nafari og’ir ahvolda. Vayronalar tagida qolganlarni qutqarish uchun operatsiya davom etmoqda.

Tehron Universiteti Seysmologiya markazi ma’lum qilishicha, zilzila bugun mahalliy vaqt bilan soat 09:22 da ro’y bergan bo’lib, uning o’chog’i Sharqiy Ozarbayjonning Koy tumanida joylashgan. Eronda 25 kishi zilzila oqibatida jarohatlangan. Qurbonlarning yo’qligi aytilmoqda. 43 ta qishloqda uylar vayron bo’lgan.

Yerning 6 km tagida yuzaga kelgan zilzila Turkiyaning Van viloyati, shuningdek, atrofdagi shahar va tumanlarda ham sezilgan.

Zilziladan zarar ko’rgan Van viloyati Bashkale tumanida g’ishtdan qurilgan eski uylar vayron bo’lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Van , #Turkiya , #zilzila , #Eron

Aloqador xabarlar