Suriya masalalari bo’yicha maxsus vakillar yetakchiligidagi turk-rus hay’ati uchrashuv o’tkazdi

Suriya masalalari bo’yicha maxsus vakillar yetakchiligidagi turk-rus hay’ati poytaxt Anqarada uchrashuv o’tkazdi.

1356861
Suriya masalalari bo’yicha maxsus vakillar yetakchiligidagi turk-rus hay’ati uchrashuv o’tkazdi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin yetakchiligidagi hay’at, Rossiyaning Suriya masalalari bo’yicha maxsus vakili yetakchiligidagi hay’at bilan uchrashuv o’tkazdi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Prezidentlik kulliyasida bo’lib o’tgan uchrashuv qariyb 1 (bir) soat davom etdi.

Idlibda, xalqaro kelishuv asoslariga ko’ra o’rin olgan Turkiyaning nazorat nuqtasiga qarshi rejim kuchlari tomonidan qo’l urilgan harbiy hujumlar keskin qoralangan uchrashuvda, hujumga o’zini o’zi himoya qilish huquqi doirasida javob berilishi qayd etildi.  

Rejim kuchlariga kafil bo’lgan Rossiyaning, zimmasiga tushgan vazifasini bajarishi kerakligi ham eslatib o’tilgan uchrashuvda Turkiyaning maqsadi, Suriyada oqqan qonning to’xtatilishi, ijtimoiy inqirozlarga tosiqlik qilinishi va siyosiy jarayonning yo’lga qo’yilshi ekanligi ta’kdilandi.


Tanlangan kalimalar: #Ibrahim Kalin , #Suriya masalalari

Aloqador xabarlar