AQShning Suriya bo'yicha maxsus vakili Jeyms Jeffrey Turkiyaga tashrif buyuradi

Jeyms Jeffrey boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi Ankarada Idlibdagi vaziyatga bag'ishlab o'tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi.

1356511
AQShning Suriya bo'yicha maxsus vakili Jeyms Jeffrey Turkiyaga tashrif buyuradi

 

AQShning Suriya bo'yicha maxsus vakili Jeyms Jeffrey 12 fevral, chorshanba kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sedat O'nal boshchiligidagi Turkiya hay'ati bilan Jeyms Jeffrey boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi o'rtasida muzokara o'tkaziladi.

Jeyms Jeffreyning Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Uchrashuv va muzokaralarda Idlibdagi vaziyat muhokama qilinadi, shuningdek Suriya masalasi bilan bog'liq tashabbuslar ko'zdan kechiriladi.

 


Tanlangan kalimalar: #tashrif , #Turkiya , #Jeyms Jeffrey , #AQSh

Aloqador xabarlar