AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Turkiyaga hamdardlik bildirdi

“Suriyada kuzatuv postlarida xizmat qilgan Turkiya qurolli kuchlari harbiy xizmatchilariga sodir etilgan hujumni qoralaymiz.Hujumda 8 nafar turk harbiy xizmatchi halok bo’lganligi munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik izxor etamiz”,-dedi Pompeo.

1353567
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Turkiyaga hamdardlik bildirdi

 

 

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Suriya rejimiga qarshi keskin javob choralarini qo’llagan Turkiyani qo’llab-quvvatladi.

“AQSh Asad rejimi, Rossiya, Eron va Hizbulloh kuchlari tomonidan Idlib xalqiga nisbatan sodir etilayotgan shafqatsizlarcha hujumlarni qattiq qoralaydi”,-deb ma’lum qildi Mayk Pompeo o’zining yozma bayonotida.

“2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Suriyada turklarning kuzatuv postlarida xizmat qilgan Turkiya qurolli kuchlari harbiy xizmatchilariga sodir etilgan hujumni qoralaymiz. NATOga a’zo ittifoqdoshimiz Turkiyaga madadkormiz. Turkiyaning haqli ravishda qo’llagan javob choralarini qo’llab-quvvatlaymiz. Hujumda 8 nafar turk harbiy xizmatchi halok bo’lganligi munosabati bilan Turkiya hukumatiga hamdardlik izxor etamiz”,-deb qo’shimcha qiladi Mayk Pompeo.

Uning so’zlariga ko’ra, Suriya rejimi, Rossiya, Eron rejimi va Hizbullohning pozitsiyasi mamlakat shimolida tinchlik o’rnatish faoliyatlariga putur yetkazmoqda.

“Ushbu shafqatsizlarcha hujumlarni bas qilish, insonparvarlik yordamlarini ta’minlash va BMT xavfsizlik kengashining 2254-sonli qaroriga binoan takror tinchlik muhitini yaratish zarur”,-deb aytgan AQSh Davlat kotibi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #AQSh , #Turkiya , #Mayk Pompeo

Aloqador xabarlar