Qalblar turk xalqi, qurbonlarning oilalari, tan jarohati olganlar va ziyon ko’rganlar bilan birga

Turkiyaning Elazig’ viloyatining Sivrije tumanida kecha mahalliy vaqt bilan 20:55 da yuz bergan 6.8 magnitudali yer silkinishi ortidan dunyoning bir necha davlatidan ko’plab hamdardlik maktubi keldi.

1347160
Qalblar turk xalqi, qurbonlarning oilalari, tan jarohati olganlar va ziyon ko’rganlar bilan birga

Turkiyaning Elazig’ viloyatining Sivrije tumanida kecha mahalliy vaqt bilan 20:55 da yuz bergan 6.8 magnitudali yer silkinishi ortidan dunyoning bir necha davlatidan ko’plab hamdardlik maktubi keldi.

Shu doirada Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji, Turkiyada yuz bergan yer silkinishida jon bergan va tan jarohati olganlarning borligi haqidagi ma’lumotni chuqur qayg’u bilan olganliklarini qayd etdi.

Prezident Akinji,

“Shaxsim va xalqim nomidan jon bergan qardoshlarimizga Olloxdan rahmat, qolganlarga sabr va barcha turk xalqiga hamdardlik bildirib qolaman” degan ifodalarga o’rin berdi.

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis, voqea ortidan Twitterda post qoldirdi va unda,

“Turkiyada yuz bergan yer silkinishi ortidan Prezident Erdo’g’an va turk xalqi bilan chin dildan birdamlik ichidamiz. Qidiruvchi va qutqaruvchi xodimlarimiz yordam berishga tayyor” dedi.  

Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias ham turk kasbdoshi Mevlut Chavusho’g’luga voqea ustidan hamdardlik bildirib, yordamga tayyor ekanliklarini yetkazdi.

Kosova Prezidenti Hashim Thachi Twitterda qoldirgan postida, qalblarining Elazig’dagi yer silkinishida jon berganlarning oilalari va tan jarohati olganlar bilan birga ekanligini eslatib o’tgan holda,

“Kosova bu fojiali lahzalarda Turkiya hukumati va xalqining yonidadir. Kosova favqulodda tez yordam ko’rsatishga tayyor” degan ifodalarga o’rin berdi.

Bosniya va Gertsegovina Prezidentlik Kengashining Bosniya a'zosi Sefik Dzaferovich yer silkinishi tufayli Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anga yuborgan ta’ziya maktubida,

“Hurmatli Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, yurtingizda yuz bergan fojiali yer silkinishi haqidagi ma’lumotni terang qayg’u bilan olganligimni ifoda etishni istayman. Duolarimiz bilan turk xalqining yonidamiz. Sizga, turk xalqi, ayniqsa voqeada jon berganlarning oilalariga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilayman” dedi.

Shimoliy Makedoniya Prezidenti Stevo Pendarovski rasmiy Twitter hisobida Elazig’da yuz bergan yer silkinishi haqidagi postida,

“Turkiyadagi yer silkinishida jon berganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman. Turkiya va turk xalqi bilan birgamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

 Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Twitter orqali,

“Turk xalqining yonidamiz. Olloxdan rahmat, mamlakat yetakchilari va Prezident Erdo’g’anga bu fojiadan qutilishlari uchun kuch-quvvat berishini tilab qolaman” dedi.

Meksika hukumati bilan Boliviya, Ekvador, Kolumbiya, Peru va Chili tomonidan tashkil etilgan parlament voqeada jon berganlar uchun Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

Yevropa ittifoqining Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosatining Oliy vakili Josep Borrel, Twitterdagi yer silkinishi haqidagi postida,

“Aqlimiz, fikrimiz turk xalqi, qurbonlarning oilalari, tan jarohati olganlar va ziyon ko’rganlar bilan birga. Yaqindan kuzatyapmiz. Turk xalqi bilan butunlay birdamlik ichidamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Yevropa ittifoqining Turkiya delegatsiyasi tomonidan Twitter orqali berilgan bayonotida esa,

“Yevropa ittifoqining Turkiya delegatsiyasi sifatida bugun yuz bergan yer silkinishidan ziyon ko’rgan hammaga hamdardlik bildiramiz. Voqeada jon berganlarning oilalariga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz. YI, Turkiyaning yonidadir” dedi.

Malayziya Bosh vaziri o’rinbosari Van Azizah Van Ismoil, Elazig’da yuz bergan 6.8 magnitudali yer silkinishi yuzasidan terang qayg’uda ekanliklarini belgilab o’tgan holda,

“Malayziya xalqi bu murakkab kunlarda Turkiya xalqining yonidadir va har qanday yordamni berishga tayyordir” degan ifodalarga o’rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Elazig' , #yer silkinishi , #birdamlik , #hamdardlik

Aloqador xabarlar