Prezident Erdo'g’an, Turkiya armanlarining patriarxi Sahak Mashalyanni qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha Turkiya armanlarining saksan beshinchi patriarxi Sahak Mashalyanni qabul qildi.

1340929
Prezident Erdo'g’an, Turkiya armanlarining patriarxi Sahak Mashalyanni qabul qildi
çavuşoğlu maşalyan.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha Turkiya armanlarining saksan beshinchi patriarxi Sahak Mashalyanni qabul qildi. Mazkur qabulda Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu ham ishtirok etdi.

Prezident Erdo'g’anning Prezidentlik qarorgohidagi qabulul matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tdi.  

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu ham Anqaradagi qabul ortidan Twitter hisobi orqali qoldirgan postida bu vazifaning, Turkiya va arman jamoatiga yaxshilik olib kelishini tilagan holda,

“Yurtimizning ko'p madaniyatli va bag'rikeng muhitida birgalikda faoliyat olib borishni davom ettiramiz” degan ifodalarga o'rin berdi.

Turkiya armanlarining saksan beshinchi patriarxi deb saylangan Mashalyan, 11-yanvar kuni Istanbulning Fatih tumaniga qarashli Kupkapi kichik tumanida joylashgan Maryam ona cherkovida uyushtirilgan marosimda Patriarxal taxtga o’tirgandi.

 



Aloqador xabarlar