Turkiyaning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo'lganidek chet elda ham uzluksiz davom etmoqda.

1336132
Turkiyaning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda
tsk pkk magara.jpg

Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist havodan qo’llab-quvvatlangan amaliyot orqali yo’q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Iroqning shimolida joylashgan Gara mintaqasidagi g'orlardan birining kiraverishida ekanligi aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist havodan qo’llab-quvvatlangan amaliyot orqali yo’q qilindi” degan ifodalarga o'rin berildi.

PKK terror tashkilotiga oid Iroqning shimolidagi lagerlarning biridan qochgan bir terrorist ham, Turkiyaning Shirnak viloyatining Silopi tumani yaqinlaridagi Habur chegara darvozasida xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi.



Aloqador xabarlar