Tashqi ishlar vazirligi Turk fuqarolarini Iroqqa safar qilmaslik masalasida ogohlantirdi

Tashqi ishlar vazirligi Turk fuqarolarini majbur bo’lmaguncha Iroqqa safar qilmaslik masalasida ogohlantirdi.

1334635
Tashqi ishlar vazirligi Turk fuqarolarini Iroqqa safar qilmaslik masalasida ogohlantirdi

Tashqi ishlar vazirligi Turk fuqarolarini majbur bo’lmaguncha Iroqqa safar qilmaslik masalasida ogohlantirdi.

Vazirlik tomonidan Iroqqa safar qilmaslik masalasida ogohlantirish maktubi chop etildi.

Iroqda yuz bergan voqealar natijasida, mamlakatdagi salbiy tusdagi xavfsizlik sharoitining yana-da buzilishi mumkinligiga e’tibor qaratilgan maktubda,

“Fuqarolarimiz majbur bo’lmaguncha Iroqqa safar qilishdan uzoq turishi tavsiya qilinadi” degan ifodalarga o'rin berildi.

Ogohlantirish maktubida Iroqdagi Turk fuqarolaridan vazirlik tomonidan berilgan ogohlantirishlarning yaqindan kuzatib borilishi, ko’pchilik bor gavjum nuqtalardan uzoq turilishi va shaxsiy xavfsizliklari masalasida ehtiyotkor bo’lishlari talab qilindi.  

Aytib o'tish joizki Amerika Qo’shma Shtatlarining Mudofaa vazirligi (Pentagon) Eron Inqilob Soqchilar korpusi Qudddus bo’linmasi qo’mondoni Qosim Sulaymoniy va Iroqning shia qo’shinlari qo’mondoni o’rinbosari Abu Mahdi al-Muhandisning Bog’dod aeroporti yaqinida uyushtirilgan hujumda o’ldirilganligini ma’lum qilgandi.

Eronning diniy lideri Oyatulloh Ali Hamaney esa AQSh hujumidan qasos olinishini qayd etgan. Mamlakatda 3 kun motam deb e’lon qilgan Hamaney, AQSh kuchlariga kerakli javobning berilishini ham o’z so’ziga ilova etgan.

 

 



Aloqador xabarlar