Chavusho’g’lu bilan Javad Zarif Sulaymoniyning o’ldirilishini muhokama qildi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan telefon orqali muloqat qildi.

1334708
Chavusho’g’lu bilan Javad Zarif Sulaymoniyning o’ldirilishini muhokama qildi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan telefon orqali muloqat qildi.

Muloqat chog’ida Eron Inqilob Soqchilar korpusi Qudddus bo’linmasi qo’mondoni Qosim Sulaymoniyning o’ldirilishi qo’lga olindi.

Amerika Qo’shma Shtatlarining Mudofaa vazirligi (Pentagon) Eron Inqilob Soqchilar korpusi Qudddus bo’linmasi qo’mondoni Qosim Sulaymoniy va Iroqning shia qo’shinlari qo’mondoni o’rinbosari Abu Mahdi al-Muhandisning Bog’dod aeroporti yaqinida uyushtirilgan hujumda o’ldirilganligini ma’lum qilgandi.

Hujumda 10 kishi jon bergan. Ular orasida Sulaymoniy, eronlik ofitserlar va Abu Mahdi al-Muhandis ham bo’lgan.

Eron lideri Oyatulloh Ali Hamaney, voqea ortidan bergan bayonotida, “Uning ketishi bilan u qilgan ishlar to’xtatilmaydi va yo’li bekitilmaydi. Aybdorlarni achchiq qasos kutmoqda” degan ifodalarga o'rin bergandi.

Shuningdek mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilgan Hamaney, Sulaymoniy o’rniga o’rinbosari brigada-generali Ismoil Kaaniyni tayin qildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar