Erdo'g’an bilan Trump ikkala mamlakat hamkorligini mustahkamlashda kelishib oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan telefon orqali muloqat qildi.

1334278

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra muloqat chog’ida Erdo'g’an bilan Trump Turkiya-AQSh masalalaridan tashqari Liviya va Suriyadagi oxirgi vaziyat bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy mavzularni qo’lga olgan.

Prezident Erdo'g'an, Iroqda Amerikaning harbiy qismlarini nishonga olgan harakatlarni xavotirchilik bilan kuzatganliklarini belgilab o’tgan holda, AQSh elchixonasiga qarshi uyushtirilgan harakatlarning to’xtaganidan xursandligini ifoda etgan.

Mintaqaviy masalalarning hal qilinishida diplomatik aloqalarning ahamiyatiga to’xtalgan Erdo’g’an bilan Trump, o’zaro munosabatlarda esa birgalikda qo’lga kiritish maqsadida hamkorlikning mustahkamlanishi borasida kelishib olgan.

Aloqador xabarlar